O‘zbekistonning guruhdagi raqibi Eron murabbiyi: Bu biz uchun katta yo‘qotish emas

  • 1 iyun, 2022, 09:10
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

1 iyundan yurtimizda U-23 Osiyo chempionati boshlanadi. Bugun musobaqa oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Mehdi Mahdavikiya va futbolchi Yasin Salmoniy ishtirok etdi.

- Terma jamoaning musobaqaga tayyorgarlik jarayoni haqida?

- Musobaqaga etarlikcha tayyorgarlik ko‘ra olmadik. Ko‘ngildagidek o‘rtoqlik o‘yinlari ham o‘tkaza olmadik. Faqatgina oxirgi 2 ta o‘rtoqlik bahsini inobatga olmasa.

photo_2022-05-31_09-45-47

- Biz barcha raqibni xurmat qilamiz. Hamma terma jamoalarga qarshi yaxshi o‘ynaymiz. Musobaqada munosib ishtirok etishga urinamiz.

- Musobaqaga kelishdan avval tarkibga bir nechta futbolchilarni jalb qilishda qiyinchiliklar yuzaga keldi. Bu musobaqada jamoaga pand berib qo‘ymaydimi? 

- Bu biz uchun katta yo‘qotish emas. Tarkibimizda yaxshi futbolchilar bor. O‘ylaymizki, musobaqada yo‘qotishlar bizga pand bermaydi. Qo‘l ostimda iste’dodli futbolchilar talaygina.

- Qatarga qarshi o‘yindan oldin raqibdan qanday o‘yin kutmoqdasiz?

Yasin Salmoniy: Biz bu erga yaxshi natija va o‘yin ko‘rsatish uchun keldik. Jamoamiz tayyor. Biz yosh jamoamiz. Lekin yaxshi natija ko‘rsatishga kuchimiz etadi.

photo_2022-05-31_09-45-49

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!