
O‘zbekistonning ikki klubi bir legioner uchun kurashadi
Metaratings.ru nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Alaniya" yarim himoyachisi Alan Xugaev xizmatiga Superliganing ikki klubi qiziqish bildirmoqda.
"Bunyodkor" va "So‘g‘diyona" 31 yoshli havbekni o‘z tarkibida ko‘rmoqchi. Alan hozirgi klubining vitse-sardori hisoblanadi. Ammo joriy mavsumda futbolchi asosiy tarkibdan tez-tez tushib qolmoqda.
Xugaev 2022/23 yilgi mavsumda 13 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga ikkita gol yozdirib qo‘ygan. Yarim himoyachining "Transfermarkt" portalidagi narxi 250 ming evro etib belgilangan.
Fikrlar