O‘zbekistonning Kamerunga qarshi uchrashuvini qanday qilib tomosha qilish mumkin?

  • 22 sentabr, 2022, 14:41
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaxshi bilasiz, ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kamerunga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Tecno

Mazkur bellashuv O‘FAning "YouTube"dagi rasmiy sahifasi orqali jonli efirda namoyish etiladi. Tashkilot matbuot xizmati bu borada ishlar olib borilayotgani haqida ma’lum qildi. Shuningdek, MTRK tarkibidagi "Sport" telekanalida ham ko‘rsatilishi mumkin.

Bundan tashqari, ertaga O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi ham nazorat o‘yinini o‘tkazadi. Temur Kapadze boshchiligidagi olimpiyachilarimiz mezbonlarga qarshi maydonga tushadi. Bu bahs translyatsiyasi yuzasidan ham ishlar olib borilmoqda, deydi O‘FA matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, Kamerun - O‘zbekiston uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 11:00 da start oladi. Janubiy Koreya va o‘zbek olimpiyachilari o‘rtasidagi bahs 13:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!