
O‘zbekistonning Saudiya Arabistoniga qarshi tarkibi e’lon qilindi
Bugun 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati yarim finalidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston uchrashuvi o‘tkaziladi. G‘alaba qozongan jamoa Tokio-2020 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Ushbu muhim o‘yin uchun Lyubinko Drulovich boshlang‘ich tarkibni e’lon qildi.
O‘zbekiston: Abduvohid Ne’matov, Islomjon Qobilov, Hojiakbar Alijonov, Abdulla Abdullaev, Azizjon G‘aniev, Jasurbek Yaxshiboev, Bobir Abdixoliqov, Ilhomjon Alijonov, Husniddin Aliqulov, Sanjar Qodirqulov, Oybek Bozorov.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuvni siz saytimiz orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin. O‘yin Toshkent vaqti bilan 15:15da start oladi.
Fikrlar