
O‘zbekistonning Tojikiston va Eronga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari bekor qilindimi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va yoshlar terma jamoasi bugundan yig‘inga kirishdi.
Biroz avval O‘FA matbuot xizmati ushbu ikki jamoa 6 va 9 avgust kunlari o‘zaro nazorat uchrashuvi o‘tkazishini ma’lum qildi.
E’tiborga molik tomoni, Vadim Abramov shogirdlari 4 sentyabr kuni Tojikiston vakillari bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi rejalashtirilgandi. Shuningdek, bosh jamoamiz 7 sentyabr kuni Eronga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushishi ham belgilangandi.
O‘zbekiston MTJ yig‘in doirasida 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Ammo bugungi xabardan so‘ng, bu o‘yinlar bekor qilingan bo‘lishi mumkin, degan taxminni keltirmoqda yoki epidemiologik vaziyat sabab futbolchilar tig‘iz taqvimlarga tayyor bo‘lishlari kerakligi uchun bir biriga yaqin sanalarga o‘yinlar qo‘yilgan. Vaziyatga O‘FA tomoni aniqlik kiritsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi "JCh-2022" va "Osiyo kubogi-2023" qo‘shma saralash bosqichidagi qoldirilgan uchrashuvlarni oktyabr va noyabr oylarida o‘tkazadi.
Fikrlar