O‘zDJTSU: Universitetning xalqaro aloqalari yana bittaga ortdi

  • 17.01.2023 16:37
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Koreya Milliy sport universiteti Prezidenti boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrifning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2019 yil 8 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2022 yil 3 noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan bir qancha ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash hamda universitetning xalqaro aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish hisoblanadi.

Dastlab Koreya Milliy sport universiteti Prezidenti boshchiligidagi delegatsiya vakillari va O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rahbariyati o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Unda Koreya Milliy sport universiteti Prezidenti janob Yongkyu Ahn va uning rafiqasi Kim Mira xonim, universitet dekani Xil Eun Bae, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor Maxmudjon Boltabaev, universitet professori Baek Mun Jong, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari OAV vakillari hamda yozgi olimpiya o‘yinlari chempionlari Akbar Jo‘raev, Ruslan Nuridinovlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida jismoniy tarbiya va sport sohasida ilm-fan va amaliyotni integratsiya qilish, xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, kelajakda o‘quv-mashg‘ulotlarni ilmiy asosda tashkil qilish va murabbiylar malakasini oshirish hamda talabalar va xodimlar almashinuvi kabi dolzarb masalalarda fikr-mulohazalar bildirildi. O‘z navbatida ikki tomon vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Koreya Milliy sport universiteti o‘rtasida xalqaro munosabatlarni o‘rnatish bo‘yicha hamkorlik Memorandumi imzolandi. Tashrif yakunida faxrli mehmonlar universitet rahbariyati boshchiligida oliygoh hududidagi mavjud sport inshootlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Eslatib o‘tamiz, Koreya Milliy sport universiteti Prezidenti boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistondagi tashrifi Samarqand viloyatidagi diqqatga sazovor joylarini borib ko‘rish bilan hali davom etadi.

photo_2023-01-17_15-42-52

photo_2023-01-17_15-42-51

photo_2023-01-17_15-42-50

photo_2023-01-17_15-42-50 (2)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!