O‘zil “Arsenal”da baxtli, ammo, “Real”ga qaytishi mumkinligini inkor etmadi

  • 2 dekabr, 2016, 15:20
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil kelajakda o‘zining sobiq jamoasi “Real”ga qaytishi mumkinligini inkor etmadi. Avvalroq, bir qator OAVlar Germaniya terma jamoasi futbolchisi o‘z jamoasini almashtirish istagi borligi haqida yozishgan edi.

“Men “Arsenal”dek grand jamoa tarkibida to‘p surayotganimdan xursandman. Jamoa ajoyib muxlimlarga ega va ular meni tinmay qo‘llab-quvvatlab turishadi. Londonda o‘zimni yaxshi his qilaman. Biroq, futbolda kelajakda nimalar yuz berishini hech kim bilmaydi. Ko‘ramiz, kelajakda nimalar sodir bo‘ladi”, - deydi o‘zil Marca nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Mesut O‘zil 2010-2013 yillarda aynan “Real” jamoasi sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!