O‘zil "Arsenal"dan ketmaydimi?

  • 17 yanvar, 2020, 12:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil o‘z kelajagini “kanonirlar” safida ko‘rayotganini aytdi.

“Men o‘z shartnomamdan to‘liq qoniqyapman va bu mavsum ham, kelasi mavsum ham shu erda qolaman. Keyin nima bo‘lishini esa bilmayman", - deydi germaniyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, O‘zil ayni damda APLning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biri hisoblanadi. Uning “Arsenal”dagi yillik maoshi 18,3 mln evroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zil va “Arsenal” o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2021 yilga qadar imzolangan. U joriy mavsum 16 ta o‘yinda ishtirok etdi va 2 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!