
O‘zil "Arsenal"ni "sog‘ishda" davom etmoqda
Mavsumni "Fenerbaxche"da o‘tkazayotgan germaniyalik yarim himoyachi Mesut O‘zil hali ham o‘zining sobiq jamoasi hisoblangan "Arsenal"dan maosh olyapti.
The Athletic nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "kanonirlar" 32 yoshli futbolchi maoshining 90 foizini, ya’ni haftasiga 400 ming evro to‘lab kelmoqda. O‘zil va "Arsenal" o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, londonliklar unga 2021 yilning 30 iyuniga qadar maosh to‘lashga majbur. Shundan so‘ng Mesut "Fenerbaxche"da oyiga 75 ming evro maosh olishni boshlaydi.
O‘zil joriy mavsum "Fenerbaxche"da jami 7 ta o‘yinda ishtirok etdi. Uning turk klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Mesut O‘zil faoliyati davomida “Arsenal”dan “Shalke”, “Verder” va “Real” kabi jamoalarda o‘ynagan. Germaniya terma jamoasi safida 92 ta o‘yinda maydonga tushgan va 23 ta gol urishga erishgan.
Fikrlar