
O‘zil "Fenerbahche" bilan shartnoma imzolashga tayyor
"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O‘zil "Fenerbahche"dan bo‘lgan taklifni ko‘rib chiqdi va u turk klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolashga tayyor. Bu haqda Mirror nashri xabar tarqatmoqda.
Aytish lozimki, 32 yoshli germaniyalik futbolchi ayni damda jamoadan ajralgan holda alohida shug‘ullanmoqda. Boisi, “Arsenal” joriy mavsum uni hech qaysi musobaqa qaydnomasiga kiritmadi.
Bundan avvalroq, “kanonirlar” ustozi Mikel Arteta dekabrda O‘zilni qaydnomaga kiritishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Mesut O‘zilning “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, uning ayni damdagi transfer narxi 5 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar