
O‘zil ortiq "Fenerbaxche"da o‘ynamaydi
"Fenerbaxche" futbolchisi Mesut O‘zil klub bilan shartnomasini bekor qildi. U endi erkin agentga aylandi.
Jamoaga Xorxe Jezus bosh murabbiy etib tayinlanganidan so‘ng O‘zil shu qarorga kelgani aytilmoqda. Mutaxassisga yulduz futbolchining oxirgi payt ko‘p nizolarga aralashib qolayotgani ma’qul kelmagan.
Avvalroq, Mesut aynan "Fenerbaxche"da faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgandi. Biroq hozir u o‘zi uchun Turkiyadan yangi klub izlamoqda.
Fikrlar