
O‘zil Ronalduning tarafini oldi
Ronaldu jahon chempionatining nimchorak finalidan o‘rin olgan Shveytsariyaga qarshi uchrashuvda zaxiradan o‘yinni boshladi. Sababi, bosh murabbiy bilan futbolchining o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Ushbu vaziyatdan so‘ng hujumchi tanqidlarga uchradi.
Ronalduning sobiq jamoadoshi Mesut O‘zil bu tanqidlarga quyidagicha javob berdi:
“Ronaldu haqidagi xabarlar qaerdan paydo bo‘lganini bilmayman. Ommaviy axborot vositalari hammani o‘ziga qaratishga harakat qilmoqda. Faoliyatini tugatgan ekspertlar Krishning nomidan foydalanib, e’tibor qozonishni istaydi”, - dedi 34 yoshli yarim himoyachi.
Portugaliyani chorak finalda Marokashga qarshi uchrashuv kutmoqda.
Fikrlar