
O‘zil Runi to‘p suradigan AQSh klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Pablo Maurerning xabar berishicha 30 yoshli germaniyalik futbolchiga "Di Si Yunayted" klubi jiddiy qiziqib qolgan. O‘zil tez orada ushbu klub vakillari bilan uchrashishi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Di Si Yunayted" klubida hozirda angliyalik mashhur hujumchi Ueyn Runi to‘p surmoqda. Biroq, u yanvarda Angliyaga qaytadi va Chempionshipda ishtirok etadigan “Derbi” klubida o‘ynovchi murabbbiy sifatida ish boshlaydi.
Fikrlar