O‘zil "Sheffild"ga qarshi o‘yinni nima sababdan o‘tkazib yuborgani ma’lum bo‘ldi

  • 28 iyun, 2020, 17:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" xavbeki Mesut O‘zil Angliya Kubogi 1/4 final bosqichi doirasida "Sheffill Yunayted" bilan bahsni jarohat sabab o‘tkazib yubormoqda.

London klubi rasmiy matbuotiga ko‘ra, germaniyalik yarim himoyachi kechagi mashg‘ulotlar vaqtida belidan kichik jarohat olganligi sabab bugungi o‘yin qaydnomasidan joy olmagan.

Joriy mavsumda O‘zil "Arsenal" safida mamlakat chempionati bahslarida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 gol va 2 ta golli uzatma bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!