"O‘zimni qo‘qonlik his qila boshladim" yoxud "Qo‘qon-1912" legioneri bilan shartnomani uzaytirdi

  • 15 dekabr, 2024, 19:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Qo‘qon-1912" safiga ikkinchi davrada qo‘shilib, o‘z o‘yinlari bilan muxlislar ko‘nglidan joy olgan Egor Kondratyuk bilan kelishuv ikki yilga uzaytirildi. Legioner futbolchi jamoamizda 2026 yilning so‘nggiga qadar qoladi.

Shu munosabati bilan klub matbuot xizmati Egor Kondratyuk bilan qisqa intervyu tashkil qildi.

«Menimcha o‘tgan mavsum yaxshi o‘tdi. Yarim mavsum davomida jamoa atigi bittagina mag‘lubiyatga uchradik. Kerakmas uchrashuvlarda durang o‘ynab, ko‘plab ochkolarni yo‘qotdik, biroq vazifani barajardik.

Jamoaga ilk kunlardan kirishib ketdim. O‘zimni qo‘qonlik his qilishni boshladim.

Jamoa Superligaga yo‘l olganidan so‘ng jamoa rahbariyati bilan ko‘rishdik va yangi kelishuvga erishdik. Ketishdan ma’no yo‘q, deb o‘ylayman. Chunki bu yil jamoa Superligada o‘ynaydi. Superliga bahslarida ham yaxshi o‘yinlarni ko‘rsatib, jamoaga foydam tegishini istayman», - deb fikr bildiri Kondratyuk.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!