Pakyao yana ringga qaytadimi? WBC prezidenti javob berdi

  • 12 iyun, 2024, 21:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Butunjahon boks kengashi (WBC) prezidenti Maurisio Sulaymon oltita vazn toifasida sobiq jahon chempioni filippinlik Menni Pakyaoning ringga qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga javob berdi.

“Bu men uchun qiziq. Pakyao – afsonaviy bokschi va uning hali ham ringga chiqish imkoniyati borligiga shubha yo‘q. Uning so‘nggi tibbiy tekshiruvlari qoniqarli bo‘lib chiqdi. U elita jangchisi. Bizga hali bu borada rasmiy so‘rov kelib tushgani yo‘q. Lekin, istak borligini bilaman. Ammo rasmiy javob kutishimiz kerak. Menni Pakyao allaqachon ringda barcha narsaga erishib bo‘lgan va shu bois u boshqa bokschilar kabi tavakkal qilmaydi”, - deya Sulaymonning so‘zlaridan iqtibos keltiradi World Boxing News nashri.

Ma’lumot uchun, 45 yoshli Menni Pakyao o‘zining professional faoliyatini 2021 yilning 29 sentyabrida yakunlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!