Palmer: "Umid qilamanki, u meni haydab yubormaydi"

  • 25.10.2023 19:38
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Koul Palmer Maurisio Pochettinoga suv idishini uloqtirgani uchun uzr so‘radi. 

O‘tgan tur "Chelsi" "Arsenal" bilan 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. Palmer suv ichib, idishini otib yuborgan paytda, u tasodifan Pochettinoga tegib ketdi. 

"Ular ikkinchi golni urganda, men suv ichishni xohladim. Men odatdagidek, shishani tashladim, lekin qaramadim. Keyin qarasam, u murabbiyga tegdi. Undan uzr so‘radim. Umid qilamanki, u bu uchun meni haydab yubormaydi. 

Biz u bilan yaxshi munosabatdamiz. Har kuni mashg‘ulotlarda unga nima qila olishimni ko‘rsataman", - dedi "Chelsi" futbolchisi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!