Pantoja "UFC 301" da o‘z unvonini himoya qiladi
4 may kuni Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan "UFC 301" musobaqasida amaldagi UFC chempioni Aleksandr Pantoja chempionlik unvonini himoya qiladi. Bu haqida jangchining o‘zi xabar bergan, keyinroq uning murabbiyi Markos DaMatta ham buni tasdiqlagan.
"U yana mashg‘ulot o‘tkazmoqda va may oyida Rio-de-Janeyroda chempionlik unvonini himoya qiladi. Ishonamanki, agar Moreno Mexiko shahrida g‘alaba qozonsa, UFC Moreno bilan to‘rtinchi jang o‘tkazishga harakat qiladi. Men ko‘rayotgan yagona muammo shundaki, 24 fevraldan 4 maygacha atigi 10 hafta bor. Birinchi va oxirgi haftalar hisobga olmasak, jangga tayyorgarlik ko‘rish uchun sakkiz hafta vaqt oladi. Umid qilamanki, Pantoja jarohat olmaydi va biz buni Braziliyada uddalay olamiz”, - dedi mutaxassis.

Fikrlar