
Para kanoechilarimizning Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan litsenziyalari soni 6 taga etdi!
Vengriyaning Seged shahri mezbonlik qilgan para kanoe bo‘yicha Jahon chempionatidan navbatdagi xushxabar!
Erkaklar o‘rtasida KL3 klassida startga chiqqan hamyurtimiz Xasan Qo‘ldashev ham Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritdi.
Ushbu natija orqali para kanoe bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan jami litsenziyalari soni 6 taga etdi:
Haytmurod Sherqo‘ziev – VL3
Azizbek Abdulhabibov – KL2
Shahzoda Mamadalieva – VL3
Irodaxon Rustamova – VL2
Shaxnoza Mirzaeva – KL3
Xasan Qo‘ldashev – KL3
Fikrlar