Para o‘q otish: Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlariga navbatdagi litsenziya qo‘lga kiritildi!

  • 26 sentabr, 2023, 18:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Peru davlati poytaxti Lima shahrida para o‘q otish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Biz uchun quvonarlisi, ayollar o‘rtasida P2 klassida 10 metr masofaga to‘pponchadan otish bahslarida hamyurtimiz Shaxnoza Mamajonova kuchli beshlikdan joy oldi va ushbu natija orqali Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritdi.

Bundan tashqari vakilimiz jahon chempionatida o‘z klassida osiyolik sportchilar orasida eng yaxshi natijani qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval boshqa bir sportchimiz Server Ibragimov ham para o‘q otish bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritgan edi.

Endi musobaqaning ertangi kungi dasturida erkaklar o‘rtasida P1 klassida 10 metr masofaga to‘pponchadan otish bo‘yicha bahslarda yana bir hamyurtimiz Aziz Ibragimov ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!