
Para pauerliftingchilarimiz Jahon kubogida tengsiz bo‘ldi!
Uch kun davomida Tailandning Pattaya shahri mezbonlik qilgan para pauerlifting bo‘yicha Jahon kubogi o‘z nihoyasiga etdi.
Musobaqaning so‘nggi kunida aralash jamoaviy bellashuvlar o‘tkazildi. Quvonarlisi, Nuriddin Davlatov, Azizbek Turg‘unov hamda Qudratoy Toshpo‘latovadan iborat jamoamiz 314,70 ochko jamg‘argan holda 1-o‘rinni egalladi va delegatsiyamiz hisobiga oltin medalni qo‘shib qo‘ydi. Aralash jamoaviy bahslarda terma jamoamizdan so‘ng kuchli uchlikdan Janubiy Koreya va Tailand terma jamoalari joy oldi
Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi Tailanddagi Jahon kubogini 6 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 11 ta medal bilan yakunladi.
Fikrlar