
Para taekvondochilarimiz Manchesterdagi Gran-prida 4 ta medal qo‘lga kiritishdi
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 17-21 oktyabr kunlari Angliyaning Manchester shahrida para taekvondo bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolari beruvchi xalqaro Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
E’tiborlisi ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston para taekvondo terma jamoasi a’zolari yakunda 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza, jami 4 ta medalga sazovor bo‘lishdi.
Jumladan, erkaklar o‘rtasida -80 kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan Asad Toshtemirov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan holda oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, -58 kg vazn toifasida bahs olib borgan Sanjar Muxtorov esa bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ayollar o‘rtasida esa Ziyoda Isoqova (-47 kg) kumush medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari chempioni Guljanoy Naimova (+65 kg) doimgidek g‘oliblikni hech kimga bermadi.
Fikrlar