Para taekvondochilarimiz navbatdagi Gran-Pri turniriga jo‘nab ketdi

  • 4 iyun, 2022, 10:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Sofiya shahri 4-7 iyun kunlari para taekvondo bo‘yicha xalqaro Gran-Pri turniriga mezbonlik qiladi. Bugun para taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etish uchun Bolgariya poytaxtiga yo‘l oldi.

Tecno

Qayd etish lozimki, ushbu Gran-Pri 2024 yil Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolarini taqdim etadi.

Para taekvondochilarimiz Sofiya Gran-Prisiga quyidagi tarkibda yo‘l oldi:

Erkaklar

Sanjar Muxtorov -58 kg

Zuxriddin Tohirov -63 kg

Asadbek Toshtemirov -80 kg

Ayollar

Ziyoda Isoqova -47 kg

Guljanoy Naimova +65

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!