
Para taekvondochilarimiz Osiyo chempionatiga yo‘l oldi
20-27 avgust kunlari Vetnamning Xoshimin shahrida para taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.
Bugun para taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ushbu qit’a birinchiligida ishtirok etish uchun Vetnamga jo‘nab ketdi.
Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolarini beruvchi ushbu musobaqada quyidagi sportchilar yurtimiz sharafini himoya qiladi:
Ayollar
Ziyoda Isoqova
Farida Xabibullaeva
Guljanoy Naimova
Erkaklar
Qudratullo Shonazarov
Qudratullo Sunnatov
Qudratjon Xaydarov
Qudrat Muhammadiev
Asil Xusanov
Asad Anvarov
Fikrlar