Paralimpiya. 5x5 futbol terma jamoamiz ilk bor Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Hindistonga jo‘nab ketdi

  • 10 noyabr, 2022, 10:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy yilning 9-20 noyabr kunlari Hindistonning Kochi shahrida ko‘zi ojizlar o‘rtasida 5x5 futbol bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

Tecno

E’tiborlisi, ushbu qit’a birinchiligida ilk bor O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Aytish kerakki, Osiyo chempionatida vakillarimizdan tashqari Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Tailand, Malayziya, Yaponiya, Avstraliya, Eron, Xitoy va Hindiston terma jamoalari ham g‘oliblik uchun bahs olib boradi.

Quyida Hindistonga yo‘l olgan terma jamoamiz tarkibi bilan tanishib olishingiz mumkin:

Doniyor Saydullaev
Baxtiyor Xolmirzaev
Shoxruz Murodov
Iqboljon Vohidov
Jamshidbek Tursunov
Izzat Yodgorov
Shoxrux Dilmurodov
Ravshan Qalandarov
Aydos Bekbaulov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!