
Paralimpiya. Afrika ochiq chempionatining dastlabki kunida 5 ta medal qo‘lga kiritildi!
Avval xabar berganimizdek, Misr poytaxti Qohira shahrida para pauerlifting bo‘yicha Afrika ochiq chempionati boshlandi.
Musobaqaning dastlabki kunida 3 nafar hamyurtimiz shoxsupadan joy oldi. Jumladan, erkaklar o‘rtasida -59 kg vazn toifasida Odiljon Yakubov 2 ta kumush, ayollar o‘rtasida -50 kg vazn toifasida Durdona To‘rveva 2 ta oltin va huddi shu vazn toifasida yana bir hamyurtimiz Dildora Nurilloeva esa 1 ta kumush medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Bugun musobaqaning ikkinchi kunida erkaklar o‘rtasida -80 kg vazn toifasida Sherali Ahmadaliev hamda ayollar o‘rtasida -45 kg vazn toifasida Aqida Axtamova yurtimiz sharafini himoya qiladi. Ularga ham omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Fikrlar