
Paralimpiya afsonasi O‘zbekistonda!
Para suzish bo‘yicha Paralimpiya o‘yinlari rekordchisi, motivatsion trener Aleksey Talay Toshkentga keldi.
Belaruslik mashhur para atlet tashrifning ilk kunida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi hamda Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo‘ldi hamda para sportchilar bilan uchrashdi va ularga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Aleksey Talayni Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti – O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev kutib oldi.
Shuningdek, Aleksey Talay tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov hamda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Aziz Kamilov bilan uchrashdi.
Ta’kidlash kerakki, 16 noyabr kuni poytaxtimizdagi “Xalqaro forumlar saroyi”da Aleksey Talay ishtirokida motivatsion uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar