Paralimpiya. Para pauerliftingchilarimiz Afrika ochiq chempionatida ishtirok etadi

Misr poytaxti Qohira shahri 22-31 oktyabr kunlari para pauerlifting bo‘yicha Afrika ochiq chempionatiga mezbonlik qiladi.

Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolari beruvchi ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etishi rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Quyida Misrga yo‘l olgan sportchilarimiz tarkibi bilan tanishib olishingiz mumkin:

1.Axmadaliev Sherali 80 kg
2.Mirzaev Sherali 54 kg
3.Halilov Ilhom 97 kg
4.Qobilov Bahrom 88 kg
5.Yakubov Oqiljon 59 kg
6.Axtamova Aqida 45 kg
7.To‘raeva Durdona 50 kg
8.Nurullaeva Dildora 50 kg
9.O‘ktamova Ruxshona 55 kg

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!