
Paralimpiya. Para taekvondochilarimiz jahon chempionatida tarixiy natija qayd etishdi!
Meksikaning Varekrus shahri mezbonlik qilgan para taekvondo bo‘yicha jahon chempionatining so‘nggi kuni ham vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi.
Jumladan, erkaklar o‘rtasida -80 kg vazn toifasida Asad Toshtemirov oltin, -70 kg vazn toifasida Javohir Aliqulov kumush medalni terma jamoamiz hisobiga qo‘shtirib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning dastlabki kunida ayollar o‘rtasida -47 kg vazn toifasida Ziyoda Isoqova oltin, erkaklar o‘rtasida -58 kg vazn toifasida Lutfullo Qodirov bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
Shu tariqa 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza, jami 4 ta medal qo‘lga kiritgan terma jamoamiz sayyoramizning 72 davlati ishtirok etgan dunyo birinchiligida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, tarixiy natijani qayd etishdi.
Yana bir e’tiborli jihati, terma jamoamiz murabbiyi Bobur Qo‘ziev jahon chempionatining eng yaxshi murabbiyi deb topildi va maxsus kubok bilan taqdirlandi.
Fikrlar