"Parij-2024" qahramoni o‘z vataniga qaytdi

CHERY AUTO

"Parij-2024" Olimpiya o‘yinlarining o‘q otish bellashuvlarida qatnashib, o‘ziga xos qahramonga aylangan turkiyalik Yusuf Dikech vataniga milliy qahramon sifatida qaytib keldi. Istanbul aeroportida uni mahalliy muxlislar va keng jamoatchilik vakillari kutib olishdi. Sportchining sharafiga poytaxt Anqara va Istanbul shaharlari uning rasmi tushirilgan devoriy suratlar va portretlar bilan to‘la ekanligi aytilmoqda.

Tecno

 

Turkiyadagi o‘q otish klublarining ayrimlari uning nomi bilan ham atalmoqda. Aytish mumkinki, Yusuf Dikech hayotidagi eng mashhur onlarini boshdan kechirmoqda. Xattoki, yangi tug‘ilayotgan chaqaloqlarga undan ilhomlanib, Yusuf ismini qo‘yayotgan oilalar ham uchramoqda.

"Men "Los-Anjeles-2028"ga endi faqat oltin uchun boraman. Bir necha kun avval esa, serblarga oltin medalni bir muddat qarzga berganimni, to‘rt yildan keyin omonatni qayta olib ketishimni aytib va’da berdim" -deya ta’kidlab o‘tgan turkiyalik sportchi.

 

Eslatib o‘tamiz, Yusuf Dikech "Parij-2024" yozgi olimpiya o‘yinlarining pnevmatik to‘pponchadan 10 metr masofaga juftlikda o‘q otish bellashuvlarida ishtirok etib, kumush medalni qo‘lga kiritgan. Oltin medal esa, aynan serbiyalik sportchilarga nasib etgan edi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!