
Parij-2024: Xitoy peshqadamlikni AQShga topshirdi, O‘zbekiston pastlashda davom etmoqda
Bugun 6 avgust kungi bahslar oldidan Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida peshqadam o‘zgardi. AQSh terma jamoasi Xitoy xalq respublikasini ortda qoldirib peshqadamlikni o‘z qo‘liga oldi. Okean orti mamlakati delegatsiyasi hisobida 21 ta oltin, 30 ta kumush va 28 ta bronza, jami 79 ta medal mavjud. Chin yurti delegatsiyasi 21 ta oltin, 18 ta kumush va 14 ta bronza, jami 53 ta medal bilan ikkinchi pog‘onada bormoqda. Bu borada kuchli uchlikni mezbon Frantsiya yakunlab turibdi. Ular hisobida 13 ta oltin, 16 ta kumush va 19 ta bronza, jami 48 ta medal mavjud.
Hisobida 1 ta oltin va 2 ta bronza bo‘lgan O‘zbekiston delegatsiyasi esa Xitoy Taypeyi bilan 34-o‘ringa tushib ketdi.
Fikrlar