
Pato yana Braziliyaga qaytdi
“Milan” klubining sobiq hujumchisi Aleshandre Pato yana vataniga qaytdi. Endi u faoliyatini “San-Paulu”da davom ettiradi.
Braziliya klubi rasmiy saytining xabar berishicha 29 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolagan.
Eslatib o‘tamiz, Pato uchun “San-Paulu” begona emas. Boisi, u ushbu jamoa safida 2014/15 yillarda ijara asosida to‘p surgan.
Ma’lumot uchun, Patoning so‘nggi jamoasi bu Xitoyning “Tyantszin Tsyuantszyan” klubi bo‘lgan edi.
Fikrlar