
Paulino Germaniya va Belgiyadan uchralgan mag‘lubiyatlarni o‘zaro taqqosladi
Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Paulino kecha JCh-2018 chorak finalida Belgiyaga (2:1) qarshi bahsda uchralgan mag‘lubiyatni bundan 4 yil muqaddam o‘z yurtlarida Germaniyaga boy berilgan 7:1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan taqqosladi.
“Bu mag‘lubiyatlardan qay biri og‘irroq? Men uchun ularning ikkalasi ham birdek og‘ir. JCh-2014dagi mag‘lubiyatni qabul qilish qiyin, lekin bu safargisi yanada qiyinroq”, - deydi Paulino.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “pentakampionlar”ning boshqa bir a’zosi Villian mag‘lubiyat uchun muxlislardan kechirim so‘ragan edi.
Fikrlar