"Paxtakor" - "Neftchi". Uchrashuv prevyusi

  • 10 avgust, 2017, 17:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oliy liganing 17-turida "Paxtakor" Toshkentda "Neftchi"ni qabul qiladi. "Paxtakor" matbuot xizmati ushbu bahsning prevyusini taqdim etdi.

Tecno

Milliy chempionat tashkil etilganidan buyon oliy ligada muntazam ishtirok etib kelayotgan uch jamoadan ikkisining to‘qnashuvi eng printsipial qarama-qarshilik sifatida e’tirof etiladi. Har ikki klub o‘zaro o‘yinlarda bir-biridan eng ko‘p ochko tortib olgani buni tasdiqlaydi.

Jamoalar oliy ligada 51 o‘yin o‘tkazishgan. Kichik ustunlik "Paxtakor" tarafida - 23 g‘alaba, 8 durang va 20 mag‘lubiyat. Raqib darvozasiga 81 to‘p kiritgan "sherlar" 66 to‘p o‘tkazib yuborishgan.

Klublar O‘zbekiston Kubogida 15 uchrashuv o‘tkazganlar va "Paxtakor" ularning 12tasida ustun kelgan. 3 bellashuvda "Neftchi"ning yutug‘i kuzatilgan. "Paxtakor-79" xotira turniri va "Toshkent xalqaro turniri" finallarida ham jamoalarning to‘qnashuvi ro‘y berib, ularda "sherlar" muvaffaqiyatga erishgan.

"Paxtakor"ning eng yirik g‘alabasi 6:1, "Neftchi"da esa 4:0 hisoblanadi. Rustam Do‘rmonov o‘zaro uchrashuvlarda 12 to‘p kiritgan. Shuhrat Maqsudov esa har ikki jamoa tarkibida gol urgan yagona o‘yinchi sanaladi.

Bellashuvni Aziz Asimov boshqarib boradi. Unga Alisher Usmonov va Timur Gaynulin yordam berishadi.

"Pvxtvkor" – "Neftchi»

Hakamlar: Aziz Asimov (Toshkent), Alisher Usmonov (Toshkent), Timur Gaynulin (Toshkent), Shavkat Nasibullaev (Namangan).

Nazoratchi: Gali Imomov (Toshkent).

Yoshlar tarkiblari bahsi "Jar" stadioni kichik maydonida 11 avgust, juma kuni 17:30da boshlanadi. Asosiy jamoalar o‘yini 12 avgust, shanba kuni "Paxtakor" stadionida 19:00da start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!