
"Paxtakor", "Nasaf", "Navbahor" - hozirgacha qaysi klublar kubok pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan?
O‘zbekiston Kubogida 3-tur bellashuvlari start oldi.
"A" guruhida yakunlangan guruh bosqichi bizga pley-offning yana bir ishtirokchisini aniqlab berdi. Peshqadam "Navbahor" ortidan "Dinamo" bilan durang qayd etgan "Qizilqum" o‘z yurishini davom ettiradigan bo‘ldi.
Bungacha "Qo‘qon-1912", "Paxtakor" va "Nasaf"ning nimchorak finalda qatnashish masalasi aniq bo‘lib ulgurgandi. "Shunqorlar" guruhdagi raqiblarini mag‘lub etgan holda, keyingi bosqichga chiqqan bo‘lsa, "sherlar" Superliga, "ajdarlar" O‘zbekiston Kubogi g‘olibi sifatida pley-off chiptasini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar