"Paxtakor" AGMK bilan nazorat o‘yinlari o‘tkazdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘yinda jamoalar ikki tarkib bilan 60 daqiqadan to‘p tepishdi. Dastlabki bellashuvda to‘liq tashabbusga ega bo‘lgan va ko‘plab vaziyatlarni yuzaga keltirgan "Sherlar" raqib darvozasini 4 bor ishg‘ol qilishdi. Sergeev dublga erishgan bo‘lsa, Masharipov va Simich hisobiga bittadan gol yozildi.

"PAXTAKOR" - AGMK - 4:0

"Paxtakor": Suyunov, Sayfiev, Simich, A’zamov, Alijonov, Hamrobekov, Sobirxo‘jaev, Bikmaev, Masharipov, Cheran, Sergeev.

Gollar: Sergeev 2, 29-pen, Masharipov 38, Simich 45.

Ikkinchi o‘yinda esa yoshlar va jarohatdan so‘ng o‘zini tiklab borayotgan futbolchilar ham bellashuvda ishtirok etishdi. Imkoniyatlar yaratishda ustunroq bo‘lsa-da, mazkur bahsda jamoamiz gol ura olmadi. O‘yin golsiz durang bilan nihoyasiga etdi.

"PAXTAKOR" - AGMK - 0:0

"Paxtakor": Quvvatov, Yo‘ldoshev, Krimets, Asqarov, Salimov, Abdullaev, Kozak, Hamdamov, Roziev, Kanyuk, Mahmudhojiev.

"Paxtakor" ikkinchi davrani 26 iyul kuni Toshkentda "Qo‘qon-1912"ga uchrashuv bilan boshlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!