
"Paxtakor". Akademiya. Yil yakunlari (3-qism)
"Paxtakor" akademiyasining 2016 yil Toshkent shahar chempionatidagi yakuniy natijalarini taqdim etamiz. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Tarbiyalanuvchilarning turli musobaqalardagi ko‘rsatkichlarini avvalroq ma’lum qilgandik. Yil davomida ishtirok etiladigan turnir - Toshkent shahar birinchiligida 5 yosh toifasidan 4tasida yoshlar g‘olib chiqishdi. 1999/2000, 2001, 2003 va 2004 yillarda tavallud topgan tarbiyalanuvchilar shahar chempioniga aylanishdi. 2002 yil jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi. Maktablar o‘rtasida umumiy 302 ochko bilan "Paxtakor" peshqadamlik qildi. Ikkinchi pog‘ona "Bunyodkor-A" jamoasiga nasib etdi. BO‘SM-16 esa mavsumni uchinchi o‘rinda yakunladi. Kuchli beshlikdan ROZK va "Spartak" maktabi tarbiyalanuvchilari joy olishdi.
Fikrlar