"Paxtakor" autsayder klubga qarshi o‘yinda ochko yo‘qotdi

  • 09.10.2022 18:53
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston Superligasi 21-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Paxtakor" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Dastlab, toshkentliklar darvozasiga belgilangan penaltini aniq ijro etgan Ruben Sanches Peres 2-daqiqada hisobni ochdi. Bunga mehmonlar 31-daqiqada Abbosbek Fayzullaevning goli evaziga javob qaytardi.

Shu tariqa, Shatskix shogirdlari ochkolari sonini 39 taga etkazib oldi. Termizliklar hisobida 20 ochko bor.

Eslatib o‘tamiz, "sherlar" o‘tgan turda "Nasaf"ga imkoniyatni boy bergandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!