"Paxtakor" BAA yig‘iniga uchib ketdi. Tarkibda yangi legioner ham bor (to‘liq ro‘yxat)

  • 21 yanvar, 2021, 11:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" xorij yig‘inini o‘tkazish uchun BAAning Dubay amirligiga yo‘l oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

21 yanvardan 5 fevralga qadar BAAning Dubay amirligida yig‘in o‘tkazish rejalashtirilgan. Yig‘in davomida uchta nazorat bahsi tashkil etiladi. O‘yinlar Rossiyaning nomdor klublari "Zenit" va "Spartak", shuningdek, Latviyaning "Riga" jamoasiga qarshi o‘tkaziladi. Bellashuvlar mos ravishda 24 va 30 yanvar, 3 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. "Zenit" bilan bahs "Nad Al Sheba", keyingi ikki uchrashuv esa "Jebel Ali" majmuasi maydonida o‘tkaziladi. O‘yinlar Toshkent vaqtida keltirilgan.

Yig‘in mobaynida jamoa Dubaydagi "Grand Xayatt" mehmonxonasida istiqomat qilishi mo‘ljallangan.

24 yanvar, 12:00, "Nad Al Sheba"
"Paxtakor" - "Zenit" (Sankt-Peterburg)

30 yanvar, 17:00, "Jebel Ali"
"Paxtakor" - "Spartak" (Moskva)

3 fevral, 17:00, "Jebel Ali"
"Paxtakor" - "Riga" (Latviya)

Yig‘inda ishtirok etadiganlar ro‘yxati

Darvozabonlar - Eldor Suyunov, Sanjar Quvvatov, Aziz Isaqov.

Himoyachilar - Sherzod A’zamov, Hojiakbar Alijonov, Farruh Sayfiev, Akram Komilov, Anzur Ismoilov, Marlen Chobanov, Shahzod Azmiddinov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Egor Krimets.

Yarim himoyachilar - Odil Hamrobekov, Vladimir Kozak, Sardor Sobirxo‘jaev, Dragan Cheran, Abror Ismoilov, Asad Sobirjonov, Diyor Xolmatov, Hojimat Erkinov, Humoyunmirzo Iminov, Ruslan Roziev, Sherzod Temirov.

Hujumchilar - Eren Derdiyok, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, Ulug‘bek Hoshimov.

Murabbiylar shtabiga uzoq yillardan beri yurtimizda ishlab kelayotgan Mirko Elichich kelib qo‘shilganini ta’kidlab o‘tamiz. U jamoamizda faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.

Bosh murabbiy - Piter Xyuistra.

Murabbiylar - Gocha Tkebuchava, Laslo Yambor, Mirko Elichich, Anvar Rashidov.

Texnik direktor - Sobir Xodiev.

Sport direktori - Ja’far Irismetov.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!