"Paxtakor" bir haftada qaytadi

  • 05.07.2022 23:03
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

4 iyul kuni Superliga 5-turidan qoldirilgan "Metallurg" - "Paxtakor" (0:2) bahsi o‘tkazildi. Ushbu bellashuvdan keyin "sherlar"ning asosiy tarkib a’zolariga bir haftalik dam berildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik 12 iyul kunidan Qibraydagi bazada boshlab yuboriladi. Navbatdagi rasmiy bellashuvni Slavche Voyneski shogirdlari 1 avgust kuni Toshkentda Superliga 14-turi doirasida "Dinamo"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!