"Paxtakor" bugun shonli tarixga ega Evropa klubiga qarshi maydonga tushadi

  • 15.02.2022 09:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Paxtakor" bugun Turkiyadagi yig‘in doirasida uchinchi nazorat bahsini Tbilisining "Dinamo" klubiga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Mazkur bellashuvni O‘zbekiston va Gruziya futbolining eng mashhur hamda sovrindor jamoalari o‘rtasidagi to‘qnashuv deb aytish mumkin. Tbilisi klubi Gruziyada 18 marta chempionat, 13 bor kubok va 8 marta superkubokda zafar quchgan. Sobiq SSSR chempionati va Kubogida ikkitadan, UEFA Kubok egalari Kubogida bir marta bosh sovrin sohibi bo‘lgan. MDH Kubogida esa "Dinamo" 2004 yil g‘olib bo‘lgan.

"Dinamo" futbol klubi Tbilisida 1925 yil tashkil etilgan va tez orada o‘zining 100 yilligini nishonlaydi. Jamoalar SSSR chempionati va Kubogida o‘zaro 46 o‘yinda maydonga tushgan. "Paxtakor" 11, "Dinamo" esa 22 uchrashuvda g‘alaba qozongan. 13 bahs durang bilan tugagan. Gollar urishda raqibimiz ustun - 42:73.

Mustaqillik davridan keyin esa "Paxtakor" va "Dinamo" ikki bor MDH Kubogida to‘qnash kelgan. 1993 yil gruziyaliklar 5:2 hisobida, 2006 yil esa toshkentliklar 2:1 hisobida ustun kelgan.

"Paxtakor" va "Dinamo" Tbilisi o‘rtasidagi bellashuv bugun Toshkent vaqti bilan 19:00da Belekdagi "Susesi" stadionida boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Пахтакор сол
15/02/2022 11:33
Олға Пахтакор!
&
alik
15/02/2022 12:21
Sport telekanalida quyinglar bizam kuraylik
Aziz Yuldashev
15/02/2022 12:19
Асосий таркиблар ўйнаса зўр ўйин бўлади