
"Paxtakor" futbolchisi legionerga aylanishi kutilmoqda
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Paxtakor" klubi hujumchisi Igor Sergeev faoliyatini xorijda davom ettirishi mumkin.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Sergeev Xitoy yoki BAA klublaridan biriga o‘tishi kutilmoqda. Qolaversa, "Paxtakor" yig‘in o‘tkazish uchun BAAga jo‘nab ketdi. Klub matbuot xizmati xorij yig‘iniga olib ketilgan futbolchilar ro‘yxatida Igorning yo‘qligini ko‘rishimiz mumkin. Bu esa u ayni payt muzokaralar olib borayotgan bo‘lishi mumkin.
Igor Sergeev bir oy avval SPORTS.uz saytiga bergan intervyusida xorijdan taklif borasidagi savolga quyidagicha javob bergandi: "Bu savolingizga tayinli javob berishim qiyin. Chunki hozir hech narsa aniq emas. Ertaga nima bo‘lishini hech kim oldindan ayta olmaydi. Qolaversa, xorijga chiqishim bilan bog‘liq aniq taklif bor, deya olmayman".
Fikrlar