
"Paxtakor" iTicket.uz bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
Endilikda "Paxtakor"ning uy uchrashuvlariga chiptalarni onlayn xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra "Paxtakor" ishqibozlari va futbol muxlislariga qulay sharoit yaratish maqsadida "Paxtakor" futbol klubi "iTicket.uz" kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Endi jamoa o‘yinlariga chiptalarni uydan chiqmagan holda yoki internet mavjud bo‘lgan istalgan joyda sotib olishingiz mumkin. Buning uchun "iTicket.uz" sayti va ilovasiga kirishingiz kifoya.
Ushbu kompaniya chiptalar savdosi va xalqaro musobaqalarda axborot ko‘magi berish bo‘yicha katta tajribaga ega hisoblanadi. O‘z xizmatini ishonchli va xavfsiz tarzda taqdim qiladigan "iTicket.uz" xizmatidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ham foydalanib kelmoqda, milliy terma jamoa uchrashuvlariga chiptalar sotish xizmati muvaffaqiyat bilan taqdim etildi.
Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” joriy mavsumdagi birinchi uy o‘yinini 10 fevral kuni Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasida BAAning "Shabab Al Ahli" jamoasiga qarshi o‘tkazadi. O‘yin "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar