
"Paxtakor" Jaloliddin Masharipovga minnatdorchilik bildirdi va unga omad tiladi
"Paxtakor" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov Saudiya Arabistoni chempionatiga ko‘chib o‘tdi.
Faoliyatini "Paxtakor" yoshlar tizimidan boshlab, asosiy jamoa safida 4 marta O‘zbekiston chempioni, 2 marta O‘zbekiston va bir bor Liga Kubogida zafar quchgan yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov Saudiya Arabistonining "An-Nassr" klubiga ko‘chib o‘tdi. Jamoalar o‘rtasida transfer shartnomasi rasman imzolandi. "Paxtakor" tarkibida Masharipov ayni paytga qadar Superligada 141 o‘yinda 24 gol urishga erishgandi. Chempionlar Ligasida 29 bellashuvda 4, mamlakat kuboklarida 30 bahsda ishtirok etib, 5 to‘p muallifiga aylangan.
"Paxtakor" Masharipovga yangi jamoasi va chempionatda omad hamda faoliyatida ko‘proq g‘alabalarga erishishini tiladi.
Fikrlar