"Paxtakor" kuchsizlandimi? Milliy termamiz ham Argentinaga qarshi to‘p surishi mumkinmi? - Yoxud Vadim Abramovning yig‘in oldidan fikrlari

  • 3 fevral, 2021, 23:17
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

8-18 fevral kunlari BAAning Dubay shahrida O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkaziladi.

Tecno

Endi asosiy e’tibor Vadim Abramov boshqarayotgan jamoaga qaratiladi. Yaqinda esa u Dubayga borib keldi. Bosh murabbiy sports.uz uchun bir qator mavzular bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi.  

Dubayga tashrifi qanday o‘tdi?

- “Paxtakor”ning Dubayda yig‘in o‘tkazishini bilganimdan so‘ng, klub ortidan yo‘l oldim. Bu paytda terma tarkibiga chaqiriladigan futbolchilar ro‘yxati to‘liq shakllanmagan edi. “Paxtakor” safidagi terma jamoaga nomzod futbolchilar menda yaxshi taassurot qoldirishdi.

Yo‘qotishlar “Paxtakor”ga ta’sir qiladimi?

- Arveladze va ayrim futbolchilar ketdi, bu tushunarli. Chunki amaldagi shartnomalari nihoyasiga etgandi. Bu tabiiy hol. Bunday holat istalgan jamoada sodir bo‘lishi mumkin. Bunaqasi futbolchilar uchun ham yangilik hisoblanmaydi. O‘ylaymanki, “Paxtakor” shunday o‘zgarishlarga qaramay, baribir sifatli klub bo‘lib qoladi.

abramov1

Futzal termasining Argentinaga qarshi o‘yini haqida

- Ha, birinchi uchrashuvni ko‘rdim. Argentina kuchli bo‘lsa ham ehtiyotkorlik bilan to‘p surdi. Ikkinchi bahsda ham birinchi o‘yindagi stsenariyning boshqacha talqini davom etdi. Argentina pozitsion o‘yin namoyish etishga odatlangan. Bejizga bu terma jamoa jahon chempionatini yutmagan. Mana shunday raqib bilan bellashish biznikilar uchun katta tajriba maktabi bo‘lib xizmat qiladi. Qolaversa, o‘yinda raqibning minimal hisobda g‘alaba qozongani chempionlar qarshisida biznikilarning ham mahorati chakki emasligidan dalolat beradi.

Milliy terma jamoamiz ham Argentina bilan o‘yin o‘tkazishi mumkinmi?

- Bunday bo‘lishi mumkin, ammo ehtimoli yiroq. Chunki mini-futbol bilan katta futbol o‘rtasida ulkan farq mavjud. Argentina terma jamoasini o‘rtoqlik maqomidagi uchrashuvga taklif etish esa juda mashaqqatli ishga aylanadi. Boya aytganimdek, buning ehtimoli juda past. Lekin mana shunday kuchli raqiblar bilan bellashish terma jamoaga katta foyda keltirgan bo‘lardi. Qolaversa, bu menga bog‘liq masala emas. O‘zimga qo‘yib bersa, mana shunday raqib bilan jon deb bellashgan bo‘lardim.

abramov_7

Abramov o‘zi e’lon qilgan tarkibidan ko‘ngli to‘ldimi?

- E’lon qilingan tarkibdan ko‘nglim to‘ldi, deya olishim qiyin. Nega deganda, xorijda to‘p surayotgan bir qancha futbolchilarimizni chaqira olmadik. Shu bois o‘zimizning chempionatda to‘p surayotgan o‘yinchilarning xizmatidan foydalanish bilan kifoyalanishimizga to‘g‘ri keladi. Yaqin uchta uchrashuv asosan shunday kechsa kerak. Agar iloji bo‘lsa albatta xorijdagi legionerlarimizni terma tarkibiga chaqiramiz. Boz ustiga hamon pandemiya davom etayotganini nazardan qochirmaslik kerak. Chunki aksar davlatlar o‘z chegaralarini shu holat tufayli yopishgan. Ya’ni, samolyotlarning parvozi cheklab qo‘yilgan. Shuning uchun ham chempionatimizdagi futbolchilardan foydalanish ehtimolimiz juda yuqori ekanligini aytmog‘im darkor.

Odil Ahmedov xususida

- Ha, biz bu yig‘inga Odil Ahmedovni ham, Islom To‘xtaxo‘jaevni ham chaqirganmiz. Chunki ular hali Xitoyga yo‘l olishmagan. Masalan, Odil Ahmedovning Xitoydan qanday jismoniy formada kelgani men uchun hozircha qorong‘u. Ammo uni bejiz yig‘inda ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yxatiga kiritmadik. Shu orqali biz Ahmedovning holati qay darajadagi ekanligini bilib olamiz.

abramov2_5

Jasur Jaloliddinov bilan bog‘liq vaziyat to‘g‘risida

- Bularning bari vaziyat taqozosi bilan bog‘liq. Nima bo‘lgan taqdirda ham Jaloliddinov u erda ko‘p o‘ynamagan bo‘lsa ham o‘zi uchun etarlicha tajriba to‘plab kelgan. “Lokomotiv” bilan shunday kelishuvimiz bor bo‘lib, u jamoada o‘ynab keta olmasa, bizga qaytarilishi kerak edi. Hammasi g‘alati yuz berdi. Jasur boshqa klubga ijaraga berilgan bo‘lsa ham u erda yolchitib unga imkon berishmadi. Ustiga-ustak transfer oynasi ham yopib qo‘yildi. Oxiri ish shu darajaga etib bordiki, futbolchimizning shartnomasi bekor qilinib, erkin agent maqomini oldi. Jaloliddinovning “Tambov”dagi ishlari yurishmaganiga nimalar sabab bo‘lganidan bexabarman. Qolaversa, “Tambov”da moliyaviy muammolar ham borligi aytilayotgandi. Hozircha uning agenti mijozini boshqa klubga joylashtirish borasida harakatlarni boshlab yuborgan. O‘ylaymanki, Jasur uzoq vaqt klubsiz qolib ketmaydi. “Lokomotiv”da rahbariyatning o‘zgarishi ham vakilimizga salbiy ta’sir o‘tkazmasdan qolmadi. Aks holda hozirgidek ovoragarchiliklar yuz bermay, Jaloliddinov allaqachon biror-bir klub a’zosiga aylanishi mumkin edi. Har qanday holatda ham u terma jamoamiz uchun kerakli o‘yinchi bo‘lib qolaveradi. O‘ylaymanki, “Lokomotiv”dagilar Jaloliddinov bilan bog‘liq masalaga yana qaytishsa kerak.

Unga qanday maslahat berishim mumkin? Futbolchi uchun o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ishonamanki, Jasurning ishlari albatta yurishib ketadi. Buning uchun asosiysi biror-bir jamoaga tezroq joylashish bo‘lib qoladi. Jaloliddinovning oxirgi uch yil davomida klub va terma jamoa uchun qilgan ishlarini esdan chiqarmasligimiz kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
04/02/2021 00:29
Jurnalistla. seladan iltimos. masalan chetni murabbiy har bitta chaqergan uyinchi maydondaki harakati va foydali harakati hamma hammasigacha malumot beradi. shu haqiga ham savol berib kuringla. Lutti tugri chempionatka tortadi lekin. MTJ umuman tortmaydiki. oddiy misol lutti uynamagan. uyinga Aziz Odil Otabek uynagan uyinga. tuliq hamma pazitsani uyinni chiqdi ayni urta boglovchi ruliga va kerakli payt yordom berish qulay ochilib tup surash hamroyini noqulay pazitsaga tushib qolsa uzini tupka taklef qilib tupni tudadan olib chiqib ketib. yunalishni boshqa tarafka olish. hammasini Aziz Otabek Odil. shula dahshad uynadiki. Hamrabekov bilan Ganiev. fudbol maktabini kurgani bilinib turibti. Yoshlarimizni ham Aynan shular uyiniga joziba qushuvdi. va tuliq. Nasafcha uyin shakllanuvdi. Yoshlarimiz ketishi oldi. Nasaf bilan 2 ta urtoqli uyin utkazib ketgani ham tuliq chempionatka. katta foyda beruvdi.