"Paxtakor": Kun tarixi - 17 iyul
Joriy sanada "Paxtakor" jamoasi o‘z tarixida 5 uchrashuvda maydonga tushgan.
"Spartak" hamda "Dinamo" Kievga imkoniyatni boy bergan jamoamiz Kutaisida "Torpedo" bilan 1977 yil durang o‘ynagan. Markaziy Osiyo derbisida SSSR Kubogi derbisida Dushanbeda "Pomir" 3:0 hisobida dog‘da qoldirilgan. Igro Shkvirin, Azamat Abduraimov va Albert Tsaraev to‘p mualliflariga aylangan. 1997 yil esa printsipial to‘qnashuvda "Neftchi"dan 2:1 hisobida ustun kelingan. Dilmurod Nazarov va Andrets Akopyantsning gollari "Paxtakor" g‘alabasini ta’minlagan.
1968 yil
"Spartak" - "Paxtakor" - 4:0 (0:0). Moskva. Lenin nomli stadion. 28000 tomoshabin.
Gollar: Logofet 50, Ambartsumyan 51, Xusainov 56, 70.
1977 yil
"Torpedo" (Kutaisi) - "Paxtakor" - 1:1 (1:0). Kutaisi. Markaziy stadion.
Gollar: Gabichvadze 32 - An 79.
1982 yil
"Dinamo" (Kiev) - "Paxtakor" - 1:0 (1:0). Kiev. Respublika stadioni. 13600 tomoshabin.
Gol: Olefirenko 10.
1989 yil
"Pomir" - "Paxtakor" (Tashkent) - 0:3 (0:2). Dushanbe. Respublika stadioni. 15000 tomoshabin.
Gollar: Shkvirin 12, A.Abduraimov 40, Tsaraev 67.
1997 yil
"Paxtakor" - "Neftchi" - 2:1 (2:0). Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 10000 tomoshabin.
Gollar: D.Nazarov 22, Akopyants 35 - Bozorov 65.

Fikrlar