"Paxtakor" legioneri uchun yaxshiroq taklif tushsa, ko‘rib chiqishga tayyor

  • 23 noyabr, 2020, 12:33
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" klubi hujumchisi Eren Derdiyok mavsum boshidan beri jamoa sharafini himoya qilmoqda. Shveytsariya terma jamoasi safida jahon va Evropa chempionatlari final bosqichi ishtirokchisi bo‘lgan Eren Derdiyok "sherlar" bilan erkin agent sifatida ikki yillik shartnoma imzolagandi.

Tecno

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, "Paxtakor" klubi rahbariyati hujumchi uchun yaxshiroq taklif tushsa, ko‘rib chiqishga tayyor. Agar toshkentliklarni qanoatlantiradigan kelishuv bo‘lsa, "sherlar" Eren Derdiyokni qo‘yib yuborishi mumkin.

"Paxtakor" bu mavsum shartnomasi tugaydigan Shota Arveladze borasida bir qarorga kelgan ko‘rinadi

PAKvSUR (17)

Derdiyok faoliyatini Shveytsariyaning "Old Boyz" jamoasida boshlagan. Keyinchalik yaxshi o‘yinlari bilan o‘sha paytda mamlakatda gegemon sanalgan klub "Bazel" e’tiborini jalb qilgan. Shundan so‘ng Germaniya Bundesligasida "Bayer" va "Xoffenxaym" klublari sharafini himoya qilgan. 2014 yildan u faoliyatini Turkiyada davom ettirib, "Qosimposho", "Galatasaroy" va "Go‘ztepe" jamoalarida to‘p tepdi. "Bazel" va "Galatasaroy" tarkibida Shveytsariya va Turkiya chempioniga aylangan. Milliy terma jamoasi safida esa ko‘plab muvaffaqiyatli o‘yinlarda maydonga tushib, Evropa va jahon chempionatlari final bosqichlarida ishtirok etgan.

Bu mavsum Eren "Paxtakor" bilan hozircha, muddatidan oldin Superliga chempionligini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кахрамонжон Сафаров
23/11/2020 13:26
Бу болага ялиниб ёлвориб олиб колинглар ,сизларга пул керак Узбекистондаги Футбол Академиясини тугатган болалар стадион атрофида юраверсин 1 тийинга киммат легионерлар пул ишлаб юраверсин
&
нодирбек.фк насаф
23/11/2020 12:59
1 сумга киммат уйинчи узимизни махаллий уйинчила бундан зур уйнеди