
"Paxtakor": Mirjalol Qosimov "Surxon" bilan o‘yinlar to‘purari
Bugun bo‘ladigan "Surxon" bilan navbatdagi to‘qnashuvdan avval "Paxtakor" matbuot xizmati o‘zaro o‘yinlar to‘purarlari ro‘yxatini taqdim etdi.
Mirjalol Qosimov termizliklar darvozasini 7 marta ishg‘ol qilgan holda o‘zaro o‘yinlarning yaqqol to‘purari sanaladi. Azamat Abduraimov esa undan bitta kam to‘p kiritgan. "Paxtakor"ning besh nafar sobiq futbolchisi - Dilmurod Nazarov, Sobir Xodiev, Andrey Akopyants, Aleksandr Pisarev va Igor Shkvirin hisobida 5 tadan gol mavjud. Ravshan Bozorov 4 golga mualliflik qilgan. "Surxon"dan esa Rustam Asqarov, Baxtiyor Bozorov va Sirojiddin Rahmatullaev 3 martadan "sherlar" darvozasini ishg‘ol qilgan.
"Surxon" bilan o‘zaro o‘yinlar to‘purarlari
7 - Mirjalol Qosimov
6 - Azamat Abduraimov
5 - Dilmurod Nazarov, Sobir Xodiev, Andrey Akopyants, Aleksandr Pisarev, Igor Shkvirin
4 - Ravshan Bozorov
3 - Zayniddin Tojiev, Anvar Soliev, Rustam Asqarov, Baxtiyor Bozorov, Sirojiddin Rahmatullaev, Igor Sergeev.
Fikrlar