"Paxtakor" muhim o‘yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda

  • 18 oktabr, 2017, 17:39
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" "Buxoro" bilan o‘tadigan 25-tur uchrashuviga hozirlik ko‘rishga kirishgan, deya klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Shanba kuni bo‘ladigan bellashuvga tayyorgarlik jarayoni dushanba kunidan boshlab yuborildi. Murabbiylar shtabi boshchiligida futbolchilar navbatdagi o‘yinlarga hozirlik ko‘rishga kirishgan. Asosiy tarkib a’zolari mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishmoqda. Qolgan uchrashuvlarning ahamiyati juda yuqori bo‘lgani sababli futbolchilar mas’uliyatni his etgan holda yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rishga harakat qilishmoqda. Oliy liganing 25-turida "Paxtakor" 21 oktyabr, shanba kuni "Buxoro" mehmoni bo‘ladi. Har ikki jamoa ayni paytda Chempionlar ligasiga yo‘llanma beradigan pog‘onalarni egallashga da’vogar bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!