"Paxtakor" OChL oxirgi turida qanday qilib "Nasaf"ga yordam berdi? "Sherlar" Suadiyaga faqat mezbonlarni yutgani borganmidi?

  • 27 aprel, 2022, 11:58
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich 6-turida "Paxtakor" - "Al-Ta’avun" bahsi o‘tkazildi. Unda "sherlar" 5:4 hisobida raqibdan ustun keldi.

Tecno

Shu tariqa, Slavche Voyneski shogirdlari 6 turda 6 ochko bilan guruhda so‘nggi pog‘onanadan joy oldi. "Al-Ta’avun" hisobidagi 7 ochko o‘zgarishsiz qoldi.

Ayni vaqtda o‘z guruhida ikkinchi o‘rinda borayotgan Saudiya Arabistoni klubining ochko yo‘qotishi "E" guruhida ikkinchi o‘rinni egallab turgan "Nasaf" uchun qulay natija hisoblanadi.

Ushbu holatda PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev ham telegramdagi sahifasida o‘z munosabatini bildirdi.

- "Paxtakor" Saudiyaga Saudiya klubini engish uchun borganga o‘xshaydi. Bosimsiz o‘ynasa, mezbonlar darvozasiga 5 talab gol ursa bo‘larkan. Yoshlariga ko‘proq e’tibor qaratsa, kam ham bo‘lmaydigandek.

"Paxtakor" qaysidir ma’noda "Nasaf"ga ham qisman yordam berdi. "Al-Ta’avun" eng yaxshi 2-o‘rin egalari ro‘yxatida kamida "Nasaf"dan oldin bo‘la olmaydi, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.

Ma’lumot uchun, g‘arbiy mintaqada 5 ta guruhdan 3 ta eng yaxshi 2-o‘rin sohiblari pley-off bosqichiga yo‘l oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Жабборов Ахмаджон
27/04/2022 14:28
Яҳшиям пахтакор бор экан бўлмаса насаф қолиб кетарди. Эй аввал ўзингни ўнгла насаф шундай ҳам ўзини курсатиб бўлди
&
Восток
27/04/2022 13:17
Шу пахтакор УЗИ чиксин грухдан бошкага йордам бермай.яна насафга йордам берди деб бонг уришни Нима кераги бор.хамма куриб турибдику